Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {biz}
So‘z bo‘g‘inlari: biz
Izoh(lar)i:
biz ol

1. 1. So‘zlovchi va uning atrofidagilar; so‘zlovchi va u ko‘zda tutayotganlar. Kecha stansiyadan chiqqan avtobus bugun bizni tongotarda mo‘ljaldagi joyga tashlab ketdi. O‘. Usmonov, Sirli sohil
Bizlar, bizlar, biz edik, Bizlar bir talay qiz edik. Bizlarni uzdilar. Bir ipga tizdilar (Garmdori). Z. Husainova, O‘zbek xalq topishmoqlari

2. 2. Birinchi shaxs men o‘rnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, g‘ururlanish, pinhona g‘urur ma’nolarini ifodalaydi. — Kim talabgor? — Mana, biz talabgor. — Bizga ham xat bormi? — deydi Munisxon. Guldasta
Asal otliqqa yo‘q, hali biz piyoda-ku! A. Qahhor, Asarlar
Endi bizni qiynamay, o‘zlari quysinlar! Qo‘llaridan hech sharob ichmaganmiz. Guldasta

3. 3. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olib, “yurtimizda“, “elimizda“, oramiz-da kabi ma’nolarni anglatadi. Surnaychining zo‘rlari bizda bo‘ladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Non-nasibang bizda bo‘lsa, qolarsan. Oybek, Tanlangan asarlar
Lekin, o‘rtoqlar, bizda yalqovlar yo‘q. A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Men – biz – hamma
Ma’nosiga ko‘ra
(shaxsning ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.