Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bitta}
So‘z bo‘g‘inlari: bit-ta
Izoh(lar)i:
bitta [bit-ta ]

1. dona son. Bir (sanoqda) Bitta, ikkita, uchta Erning so‘zi bitta. Maqol

2. Bir dona; yagona, yolg‘iz. Unaqa og‘ayni mingtadan bitta! A. Qahhor, Og‘aynilar

3. “Qandaydir bir“, “allaqanday“, kim-dir kabi ma’nolarda ishlatiladi. Kasal-xonaga borib, o‘zi ko‘rgan eshikka kirib ketayotganida, bitta xotin qaytardi. A. Qahhor, Boshsiz odam

4. Birlik, birdamlik, yakdillik hamda bir xillik, o‘xshashlik ma’nolarini anglatadi. Ularning ikkovi bitta odam,Ularning basharasi, ishi boshqa-boshqa bo‘lsa ham, yuragi bitta bo‘lar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Fe’llardan oldin kelib, shu fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bir marta bajarilishini bildiradi. Hali kekkayib, bozordan qaytadi. Bolg‘a bilan bitta urib abjaq qilsang, tomosha qilsang. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yer bilan bitta bo‘ldi: sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi

2. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.