Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {birov}
So‘z bo‘g‘inlari: bi-rov
Izoh(lar)i:
birov

1. snq. son Bir, bitta. Ikkovga birov botolmas, Otliqqa yayov yetolmas. Maqol
Birovni ko‘rib fikr qil, Birovni ko‘rib shukr qil. Maqol

1.

2. 1. Kimligi noma’lum, qandaydir bir noma’lum kishi, kimdir, allakim. Birni birov beradi, Ko‘pni — mehnat. Qanotli so‘zlar
Birov bilganini maqtar, birov — ko‘rganini. Maqol
— Qalaysan, uka? — birov kelib turtdi Yo‘lchini. Oybek, Tanlangan asarlar
Birov borkim, bor-u — bor bo‘lsa ham yo‘q, Birov borkim, yo‘g‘-u — yo‘q bo‘lsa ham to‘q. Habibiy

3. 2. Boshqa bir kishi; o‘zga, begona. Bola-xonada ikkalamiz turganimizni tag‘in birov ko‘rib qolmasin. K. Yashin, Hamza
Endi uni [Umidni] ko‘rishi ham, u haqida o‘ylashi ham mumkin emas, U endi birovning baxti. Mirmuhsin, Umid
Birovning ko‘ngliga zo‘rlik bilan egalik qilib bo‘lmaydi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: allakim , kimdir , begona [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: birrov Birpas, bir zum; juda qisqa vaqtda.

Andijon davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Abdulhay Sobirov 1957- yilning 15- iyunida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tavallud topgan. U tilshunos sifatida o‘zbek tili terminologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasi sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. A.Sobirov tomonidan chop ettirilgan "O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati" (1999, hammualif), "O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish" (2004) kabi asarlar bunga misol bo‘la oladi.

A.Sobirov umumiy o‘rta ta’lim va akademik litsey o‘quvchilari uchun professorlar A.Nurmonov, M.Mahmudovlar bilan hammualliflikda darsliklarning yangi avlodini yaratish ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 5-, 6-, 7-, 9- sinflar uchun "Ona tili" (2004, 2005, 2006), "O‘qituvchi kitobi" (2004, 2005, 2006), akademik litseylarning 1-3- bosqich talabalari uchun "Hozirgi o‘zbek adabiy tili" (2001, 2002, 2003) darsliklarining yuzaga kelishida xizmatlari katta.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.