1. trtb. son Tartib o‘rni 1 raqami bilan belgilangan, 1 nomerli.
Birinchi jild. Birinchi bet. Birinchi qator. Navoiy ko‘chasidagi birinchi uy.U birinchi qo‘shiqni yaxshi aytdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Qatorda eng oldingi o‘rinda turgan, eng oldingisi, eng avvalgisi.
Birinchi arava to‘xtamay o‘tib ketdi.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
3. Boshqalariga nisbatan eng oldingi, bosh; to‘ng‘ich.
Birinchi farzand.
Gazetadan
4. Sanab o‘tilgan, zikr qilingan yoki ko‘zda tutilgan narsalarning oldingisi, avvalgisi.
G‘oliblar uchun uch mukofot belgilandi: birinchisi — 10000 so‘m, ikkinchisi — 5000 so‘m, uchinchisi — 3000 so‘m.◆Mirzayev Latofatxonga ikkita xat yozdi. Birinchi xati-ku boshdan-oyoq “rahmat“dan iborat edi, keyingisida qulog‘ingizga aytadigan gapim bor degan mazmunda shama qildi.
A. Qahhor, Ko‘k konvert
5. Ish-harakatda hammadan oldin qatnashgan yoki qatnashadigan, eng avvalgi, ilk.
Uni eng birinchi men ko‘rib qoldim.jazoga loyiq mushtumzo‘rlarni nom-banom aytaylik. Qani, yozing, o‘rtoq Samandarov! Birinchi kim?
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
6. Eng avval, ilk bor paydo bo‘lgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir bo‘lgan, yuz bergan; dastlabki.
Birinchi xil muhabbat — tilda, ikkinchi xil muhabbat dilda bo‘ladi.
A. Qahhor, Asarlar
7. Oldin ko‘rilmagan, endi ilk bor yuz bergan.
Ota majlisda birinchi so‘zga chiqishi ekan.
A. Qahhor, Asror bobo
8. Malakasi, mahorati jihatdan eng yuqori, ustun; eng mohir.
Shaharda birinchi usta.
Gazetadan
9. Hammasidan zarur, eng muhim, asosiy, bosh.
Hukumatga yordam berish bizning birinchi vazifamiz bo‘lishi kerak.
Oybek, Tanlangan asarlar