Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {birinchi}
So‘z bo‘g‘inlari: bi-rin-chi
Izoh(lar)i:
birinchi sn

1. trtb. son son Tartib o‘rni 1 raqami bilan belgilangan, 1 nomerli. Birinchi jild. Birinchi bet. Birinchi qator. Navoiy ko‘chasidagi birinchi uy. U birinchi qo‘shiqni yaxshi aytdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yo‘lchi birinchi kun bozorni aylana-aylana, kechga qadar uch-to‘rt yerga yuk orqaladi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Qatorda eng oldingi o‘rinda turgan, eng oldingisi, eng avvalgisi. Birinchi arava to‘xtamay o‘tib ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Birinchi masala yuzasidan Bo‘taboy akaga so‘z berildi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
O‘sha kuni birinchi so‘roq shu bilan tugadi. E. Raimov, Ajab qishloq

3. 3. Boshqalariga nisbatan eng oldingi, bosh; to‘ng‘ich. Birinchi farzand.

4. 4. Sanab o‘tilgan, zikr qilingan yoki ko‘zda tutilgan narsalarning oldingisi, avvalgisi. G‘oliblar uchun uch mukofot belgilandi: birinchisi — 10000 so‘m, ikkinchisi — 5000 so‘m, uchinchisi — 3000 so‘m. Mirzayev Latofatxonga ikkita xat yozdi. Birinchi xati-ku boshdan-oyoq “rahmat“dan iborat edi, keyingisida qulog‘ingizga aytadigan gapim bor degan mazmunda shama qildi. A. Qahhor, Ko‘k konvert

5. 5. Ish-harakatda hammadan oldin qatnashgan yoki qatnashadigan, eng avvalgi, ilk. Uni eng birinchi men ko‘rib qoldim. jazoga loyiq mushtumzo‘rlarni nom-banom aytaylik. Qani, yozing, o‘rtoq Samandarov! Birinchi kim? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

6. 6. Eng avval, ilk bor paydo bo‘lgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir bo‘lgan, yuz bergan; dastlabki. Birinchi xil muhabbat — tilda, ikkinchi xil muhabbat dilda bo‘ladi. A. Qahhor, Asarlar
Turg‘unoy birinchi tovushni eshitganda, seskandi, so‘nggilari esa uni vahimaga soldi. A. Qahhor, Maston
Atrof jimjit. Uzoqdan xo‘rozning birinchi qichqirig‘i eshitildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

7. 7. Oldin ko‘rilmagan, endi ilk bor yuz bergan. Ota majlisda birinchi so‘zga chiqishi ekan. A. Qahhor, Asror bobo
Tanklar jangini Ahmadjon birinchi ko‘rishi edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Kumushbibi o‘ziga tomon keluvchi bu dahshatli xotinni umrida birinchi marta ko‘rishi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Nuri chiday olmadi, birinchi marta achchiqlanib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. - .- Bu yilgi musobaqalarda komandamiz birinchi. U birinchilar qatorida frontga borish haqida ariza yozdi. Gazetadan
U Mirzacho‘lga birinchilar qatorida kelgin edi. Guldasta

9. 9. Malakasi, mahorati jihatdan eng yuqori, ustun; eng mohir. Shaharda birinchi usta.

10. 10. Hammasidan zarur, eng muhim, asosiy, bosh. Hukumatga yordam berish bizning birinchi vazifamiz bo‘lishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
Fan-texnika g‘oyat taraqqiy etgan hozirgi davrda ham non elning eng birinchi hayotiy negizi bo‘lib qolmoqda. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.