Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {birgina}
So‘z bo‘g‘inlari: bir-gi-na
Izoh(lar)i:
birgina [bir-gi-na ]

1. snq. son 1 raqami va shu raqam bilan ifodalangan eng kichik son, miqdor. Bir kam qirq. O‘ndan bir. Bir-u bir — ikki. Yaxshi otga — bir qamchi, yomon otga — ming qamchi. Maqol

2. Hisob, miqdor, o‘lcham, chama ma’nolarini anglatuvchi so‘zlar bilan kelib, predmetlarning miqdori, o‘lchamini anglatadi. Bir juft. Bir metr. Bir hafta. Bir tanob. Bir yil. Bir minut. Bir o‘ram. Bir to‘da. Bir soat. Bir asr. Bir burda. Bir dasta.Bir oydan beri tutolmaymiz. S. Ahmad, Yulduz

3. Ba’zi otlardan oldin kelib, noaniqlik tushunchasini ifodalaydi va “qandaydir“, “allaqanday“, allaqaysi kabi ma’nolarni bildirib keladi. Sizni bir odam so‘rab kelgan edi.Uning ko‘kragini bir nima chuqur ezdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Fe’llar oldidan kelib, fe’ldan anglashiluvchi ish-harakatning bir marta bajarilishi yoki yuz berishini ifodalaydi. Odam dunyoga bir keladi. Yetti o‘lchab, bir kes. Maqol

5. Belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar oldidan kelib, o‘sha so‘z ma’nosining kuchayishiga xizmat qiladi. O‘g‘li bir yaxshi yigit ekan, bir kelishgan, chiroylikiBoya Mahvash bir ajoyib gap aytdi. T. Ashurov, Oq ot

6. Ajratish, ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Hamma rozi bo‘ldi, bir men rozi bo‘lmadim. Bu ishni bir o‘zi bajardi. Uyda bir o‘zim qoldim. Kamtarlik ham bir xislat. Maqol

7. Kesim vazifasida kelganda, bir-damlik, umumiylik yoki bir xillik, o‘xshashlik ma’nolarini ifodalaydi. Ularning hammasi bir. Bizning yoshimiz bir. Bizning so‘zimiz bilan ishimiz bir. Kemaga tushganning joni bir. Maqol

8. Ba’zi otlar bilan qo‘llanganda, “shunday“, shunaqa so‘zlariga teng kelib, bo‘rt-tirish ma’nosini anglatadi. Bir imorat qurayki, barchaning og‘zi ochilib qolsin. Bir o‘ynab berayki, hamma qoyil qolsin.Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi. H. Olimjon, O‘lka

9. Qo‘shma so‘zlar tarkibida kelib, turli xil ma’nolarni ifodalaydi. Bir vaqt, bir mahal, bir muncha, bir oz, bir qancha, ba’zi bir, har bir, hech bir, bir asosli, bir jinsli.Abdujalilboynikidagi ziyofatni Mulla Obid bir muncha taajjub ichida o‘tkazdi. A. Qodiriy, Obid ketmon

10. Ayiruvchi bog‘lovchi vazifasida kelib, gapning uyushgan bo‘laklarini yoki qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi. Bir unday bo‘ladi, bir munday bo‘ladi. Bir kat-taning gapiga kir, bir — kichikning. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: faqat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.