Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {birday}
So‘z bo‘g‘inlari: bir-day
Izoh(lar)i:
birday [bir-day ]

1. Birdek

2. Har jihatdan teng, aynan bir xil. Menga hamma birday. Hammaga birday qaramoq. Oy bilan kunday bo‘l, Hammaga birday bo‘l. Maqol

3. Bir tekisda, bir o‘lchovda, bir maromda, tekis. Qiyg‘ir qushlar birday uchar qiyoda, lochin qushlar bahra olar uyoda. Nurali

4. Vaqt jihatdan uzluksiz; hamisha, hamma vaqt, doimo. Gul hamisha chaman bo‘lib turmaganiday, inson ham hayotining hamma damlarida birday baxtiyor bo‘lishi qiyin. S. Karomatov, Bir tomchi qon

5. Bir xil holatda, bir zaylda, o‘zgarishsiz. Bemorning ahvoli birday. Otinoyi birday takrorlaydi: — Chaqqon-chaqqon, tez-tez bo‘la qol! P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: doim [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.