1. Kutilmagan, xayolga kelmagan vaqtda; to‘satdan, qo‘qqisdan. Barmoq saraklatib, so‘zga og‘iz juftlashi bilan, birdan yo‘tali tutdi. A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat
2. Ayni bir vaqtda, baravar. Hali mashinaning qorasi ko‘zdan o‘chmasdan, birdan ikki samolyot pastlandi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Bir yo‘la, birvarakayiga. U [Bobur] chorbog‘ chetidagi yalanglikdan bo‘z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini qo‘yib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Darrov, tezda. Birdan osh va oshni qatiqlash bahsi hammaning esidan chiqdi. A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy
1. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)