1. Biror narsa, hodisa yoki fikrning mohiyatiga yetmoq, biror sohada ma’lumotga ega bo‘lmoq.
U biladigan odam. Siz matematikani bilasizmi?Koshki til bilsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror soha yoki ishda ma’lum o‘quv yoki malakaga ega bo‘lmoq.
Shaxmat o‘ynashni bilasizmi? U do‘ppi tikishni yaxshi biladi.Yangi ot, yangi faytun. Ha, qo‘shishni, haydashni bilasizmi?
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Turmush tajribasi tufayli xabardor, oshno, tanish bo‘lmoq.
Ko‘p yashagan bilmas, ko‘pni ko‘rgan bilar.
Maqol
4. Xabardor, voqif bo‘lmoq.
Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman esizgina.
A. Qahhor, Adabiyot muallimi
5. His etmoq, sezmoq; idrok etmoq, anglamoq, fahmlamoq, tushunib yetmoq, uqmoq, payqamoq.
Ahmoq horiganin bilmas.
Maqol
6. Tan olmoq, qadriga yetmoq, taqdirlamoq.
Er yigitning qadrini og‘asi emas, el bilur.
Maqol
7. Tanimoq, tanish bo‘lmoq.
Bu yerda meni hech kim bilmaydi.Normatovni sizlar qancha bilsalaring, men ham shuncha bilaman-da.
A. Qahhor, Munofiq
8. Deb hisoblamoq, deb sanamoq, deb bilmoq.
O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
Maqol
9. Uddasidan chiqmoq, eplay olmoq.
Hali siz yolg‘on gapirishni ham bilasizmi?
A. Qahhor, Ayb kimda?
10. Ixtiyori, izmida bo‘lmoq.
Siz tushunmayapsiz, oyi hali tag‘in dadasi biladilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar