1. Bilimlarni mukammal egallagan; katta ilmga, ma’lumotga ega bo‘lgan; bilag‘on, o‘qimishli; bilimli.
Bilimdon odam,Nodon zarbof to‘nda ham nodon, Bilimdon chirik choponda ham bilimdon.
Qanotli so‘zlar
2. Katta ish tajribasiga ega; o‘z ishini, sohasini yaxshi biladigan; omilkor, bilarmon.
Bilimdon ishchi.Uni [Xadichani] qishloq ayollarining eng o‘ktami, bilimdoni deb maqtashar edi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar