1. Biror narsa (transport vositalari)dan foydalanish, biror joyga (teatr, sport saroyi va boshqalar) kirish huquqini beradigan hujjat, chipta.
Konduktor bizning ro‘paramizga kelib qoldi. Men darhol Hafizaxonga iltifot qildim: — Bilet oldingizmi, yo‘qmi, Hafizaxon?
Guldasta
2. Biror tashkilot, partiya, ijtimoiy-siyosiy guruhga yoki harbiy sohaga a’zolikni, aloqadorlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
U yerda [tugunchada] Dadaxon akaning harbiy bileti, allaqanday tashakkurnomalar bor edi.
E. Raimov, Ajab qishloq
3. Imtihon savollari yozib qo‘yilgan varaqa.
Imtihon qog‘ozini tashlab, duch kelgan biletni oldim.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. O‘yinda pul yoki boshqa xil yutuqlar chiqishini va’da qilib sotiladigan hujjatlar. Lotereya bilekti.
Jo‘ravoy biletlarni qo‘liga olgach, majburlab berilgan lotereyalarga ko‘pincha yutuq chiqadi, degan mish-mishlarni eslab, ko‘nglida qandaydir umid uchquni yilt etdi.
Yoshlik