Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bilan}
So‘z bo‘g‘inlari: bi-lan
Izoh(lar)i:
bilan [bi-lan ]

1. Bosh kelishikdagi turli so‘zlar bilan ishlatilib:

2. ish-harakatning amalga oshishidagi birgalik, hamkorlikni ifodalaydi. Ko‘chalarni, qishloqni, ayniqsa Mahvash bilan birga dars tayyorlagan joylarni juda-juda qo‘msadim. T. Ashurov, Oq ot

3. ish-harakat yoki hodisaga vosita bo‘lgan narsani bildiradi. Kosada lag‘mon ko‘tarib kirgan Marg‘uba bir qo‘li bilan shishani ushladi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

4. ish-harakatning tarzi, holati va shu kabilarni bildiradi. Xatda Sanobar erining qaytishini sabrsizlik bilan kutayotganini yozar edi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

5. ish-harakatning qachon sodir bo‘lgani va qancha vaqt davom etganligini bildiradi. Mahvash ham kunduzi bilan shu yerda bo‘ladi. T. Ashurov, Oq ot

6. ish-harakatning biror joy bo‘ylab yo‘nalishini bildiradi. Bu rastada ikki tomonda besh-oltita katta do‘kon bo‘lib, tor, kamgak yo‘l bilan bazzozlikka, shohifurushlik rastasiga tutashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. ish-harakat yoki holatning ro‘y berishi, yuzaga chiqishiga qaysi narsa sabab (asos) bo‘lganligini bildiradi. Har bir narsaga oldindan hukm etish to‘g‘ri emas har bir ish Ollohning buyrug‘i bilan bo‘ladi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Brkt. bog‘l.

9. gap bo‘laklarini, asosan, uyushiq bo‘laklarni bog‘laydi va vazifasiga ko‘ra va bog‘lovchisiga teng keladi. qalam bilan qog‘ozni cho‘ntagiga solib, o‘rnidan turganda, Bo‘taboy keldi. A. Qahhor, Asarlar

10. payt va to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap bilan ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Deraza ochilishi bilan, Yo‘lchi boshini ko‘tardi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Chiziqcha bilan yozish1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 51–56- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Quyidagi holda so‘z yoki uning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: 1.Juft so‘z va takror so‘z qismi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.

1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;

2) juft so‘z qismi orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;

3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.

2. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakli chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).

3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘z qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

4. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.

5. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-ey) yuklamasi chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-ey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamasi o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.

6. Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-„A» sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

1. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

2. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

3. boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi: butunlay berilib ketdi

4. bu dunyo bilan xayrlashmoq: vafot etmoq, o‘lmoq

5. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

6. gap bilan chalmoq: gap bilan uzib olmoq.

7. komil ishonch bilan: mutlaqo amin bo‘lgan holda

8. o‘z gazi bilan o‘lchamoq: Biror ishga, hodisaga o‘zicha, o‘z nuqtayi nazari bilan baho bermoq.

9. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

10. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

11. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

12. osmon bilan yercha: juda katta, beqiyos

13. ot bilan tuyacha: juda katta farq

14. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

15. qay bet bilan: qanday qilib, uyalmay

16. qaysi yuz bilan: qanday qilib, uyalmay

17. sodda dillik bilan: jo‘nlik, ishonuvchanlik oqibatida

18. tegirmon navbati bilan: Har qanday ishning o‘z muddati, bunda har kimning navbat bilan keladigan tartib o‘rni bor

19. tish-tirnog‘i bilan: Qat’iyat bilan, butun imkon bilan

20. to‘rt ko‘z bilan: intizorlik bilan

21. tuproq bilan teng qilmoq: 1. yer bilan yakson qilmoq, vayron qilmoq. 2. xor qilmoq, poymol, oyog‘osti qilmoq

22. uzog‘i bilan: Ko‘p deganda, ko‘pi bilan

23. yer bilan bitta bo‘ldi: sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi

24. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi

25. yer bilan osmoncha: juda katta, beqiyos

26. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.