Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bigiz}
So‘z bo‘g‘inlari: bi-giz
Izoh(lar)i:
bigiz [bi-giz ]

1. Kosiblarning ko‘nni, terini teshish uchun ishlatadigan yog‘och sopli, nina uchli metall asbobi. Hunari yo‘q kishidan Bigizi bor yamoqchi yaxshi. Maqol

2. Nayzadek, ninadek uchli, ingichka narsa. Yuragi bigiz sanchilganday og‘ridi. Sharq yulduzi

3. Nishtarday o‘tkir, achchiq so‘z, ta’na; koyish. [Yo‘lchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan ko‘ksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. barmog‘ini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi

2. qo‘lini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.