1. rvsh. Kutmagan, xayolga kelmagan vaqtda; kutilmaganda, to‘satdan, qo‘qqisdan.
Nazokat bexosdan berilgan bu so‘roqqa javob berishga o‘ng‘aysizlanib, uzoqda sarg‘ayib turgan adirlarga tikildi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. G‘ayriixtiyoriy ravishda.
Ichkarida gap tugab, ma’yus sukunat boshlangach, Elmurod bexosdan qichqirib yuborishdan qo‘rqqanday, qo‘li bilan og‘zini bosib, yon-veriga alangladi.
P. Tursun, O‘qituvchi