Lug‘atlar

So‘z tarkibi: be - {urin}
So‘z bo‘g‘inlari: be-u-rin
Izoh(lar)i:
urin fl

1. 1. O‘zini har tomonga urmoq, har yoqqa talpinmoq; harakat qilmoq, intilmoq. Qafasda qush urinayotir. Bozor-da yurgan xalq — fuqaro ham kir-yupun, isqirt, g‘azabli, shoshadi, turtinadi, urinadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Biror ishni bajarishga kirishmoq; unnamoq, tutinmoq; biror ish bilan band, ovora bo‘lmoq. [Nazokat] Oshga urindi. H. G‘ulom, Mash’al
Chol oynagini olib, ko‘z yoshini artdi va yana ishga urindi. Oybek, Tanlangan asarlar
Sayfini ilgariroq ishga jo‘natdim-da, o‘zim nimagadir urinib, kechroq qolib bordim. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Biror ishni bajarish, biror narsaga erishish va shu kabilar uchun harakat qilmoq, harakatida bo‘lmoq. Qiz uni [tovuqni] ushlab olgani ko‘p urindi, juda qiynalib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
A’zam kun bo‘yi Muhiddinni xoliroq uchratishga urinib ko‘rdi, bo‘lmadi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Iloji boricha uning she’rlarini yerga urishga, Feruzning ko‘zi oldida obro‘sizlantirishga urindilar. S. Siyoyev, Avaz

4. 4. Holdan toymoq; charchamoq; qiynalmoq. [O‘g‘il:] Jon ona, o‘zim yo‘lda juda urinib keldim. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bir oz kutmabsiz-da, qori aka, issiqda ancha urinib qolibsiz. I. Rahim, Chin muhabbat
Kumushbibi og‘riqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi tinch uxlasin, ortiq urinmasin! deb bugun namozga ham uyg‘ottirmagan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘chma hma Asli holatini, sifatini yo‘qotmoq: eskirmoq. Uringan ro‘mol. Uyga urinib, ezilib qaytib kelgan nonni yeydigan odam yo‘q. S. Ahmad, Non-nasibamiz haqida
Maktub anchagina uringan, qog‘oz shalaqlangan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Chopon] Juda yangi bo‘lmasa ham, har holda urinmagan T. Malik, Ajab dunyo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.