Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {betayin}
So‘z bo‘g‘inlari: be-ta-yin
Izoh(lar)i:
betayin [be-ta-yin ]

1. Bor-yo‘qligi, yuz berishi yoki bermasligi aniq bo‘lmagan, noma’lum, tayinsiz. G‘ulomjon hushiga keldi. Uni endi betayin bir qo‘rquv hushiga keltirgan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Bir zaylda, bir gapda turmaydigan; tuturig‘i, burdi yo‘q, beqaror. Betayin odam,Qo‘rqoq, betayin, irodasiz, maslaksiz, noshud odam boshiga og‘ir bir mushkul tushganda sotqinlik qilarkan-da! S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

3. Tagi puch, asossiz, behuda; mujmal; maqsadsiz. Betayin gap. Betayin javob.Kampir, yig‘lab, bunda savol qilayean, Betayin gapirsang, tayin o‘lasan. Gulshanbog‘

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.