1. kt. kt. Kuchli havas, intilish; qiziqish, ishtiyoq.
Bu g‘azalda yosh yigitning hissi, shavqi, nash’asi yangradi.
Oybek, Navoiy
Bu til-adabiyot muallimi ta’lim va tarbiya ishini sevar, yuragida tobora kuchaygan bir shavq bilan maktabda ishlar edi.
Oybek, Nur qidirib
2. 2. Shunday intilish, qiziqish tufayli yuzaga kelgan ko‘tarinki ruhiy holat; zavq.
Shavqqa to‘lib kuylamoq.
▬
[Guli:] G‘azalkim, so‘zlagay ishqdin, safodin. G‘azaldin bu kabi shavq olmagan kim?
Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
Garmonchi ham shavqidan beixtiyor o‘rtaga tushib, o‘yin ayni doli-guliga kelganda, maydon gumburlab ketdi.
Oybek, Quyosh qoraymas