1. rvsh. Malollik, o‘ng‘aysizlik sezmay, tortinmay, yozilib; erkin, bahuzur.
Mayli, xafa bo‘lmang. Ayam bilan bemalol turaverasiz.
S. Zunnunova, Gulxan
2. Bamaylixotir, xotirjam; shoshilmay.
Xo‘p, mayli, — dedi O‘rmonjon,— bo‘lar ish bo‘lib o‘tibdi. Endi bemalol, bexavotir ishlay bering.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. To‘sqinlikka uchramay, bexavotir, oson, xavfsiz.
Ertalab ko‘prik boshqatdan qilindi, endi har qanday og‘ir yuk bilan bemalol o‘tsa bo‘lardi.
A. Muxtor, Opa-singillar
4. Aniq, yaqqol.
Alim buva yuqoridagi qiyg‘och teshiklardan qaradi. Hamma yoq bemalol ko‘rinardi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
5. To‘liq ravishda, bekam-ko‘st; yetarli.
Joy hammaga bemalol yetadi.[Yerning] Yarmiga sabzi, yarmiga kartoshka ekasan. Shu bilan qishligimiz bemalol chiqadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
6. O‘taketgan beparvo, g‘am-tashvishsiz kishi haqida.
O‘zi bemalolning so‘zi bemalol.
Maqol