1. Belga bog‘lanadigan, to‘rt-burchak ro‘mol shaklidagi gulli yoki gulsiz, chetlari tikilgan mato parchasi; qiyiq, qiyiqcha.
U do‘ppisining jiyagini qaytarib, shohi belbog‘ bilan bog‘lab olgan edi.
K. Yashin, Hamza
2. Umuman belga belbog‘ kabi bog‘lanadigan narsa.
[Sharofat:] Eshigimizga uvada to‘n-u chilvir belbog‘ bilan kelgan eding.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. Har narsaning o‘rta belidan o‘tgan faraziy chiziq yoki halqa; ekvator.
Endi biz Yerning belbog‘idan o‘tdik, Janubiy yarimsharga kirdik.
H. Hasanov, Ekvatordan o‘tganda
4. Quvvat, mador, ko‘makdosh.
— Nega tashlab ketaman buni, — dedi kampir, kelinning so‘zini rad qilib, — Belimning belbog‘i endi bu.
I. Rahim, Chin muhabbat