Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bekat}
So‘z bo‘g‘inlari: be-kat
Izoh(lar)i:
bekat [be-kat ]

1. Qadimda yo‘llarda karvonlar va yo‘lovchilar to‘xtab dam oladigan maxsus joy, manzil. Otabek bir necha bekatga mehmonlarni kuzatib borib, so‘ngra qaytmoqchi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

1. Qadimda yo‘llarda karvonlar va yo‘lovchilar to‘xtab dam oladigan maxsus joy, manzil. Otabek bir necha bekatga mehmonlarni kuzatib borib, so‘ngra qaytmoqchi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Pochta stansiyasi. Xat ham tez kelmaydi, ba’zan bekatlarda yo‘qolib ketadi. J. Sharipov, Xorazm

2. Pochta stansiyasi. Xat ham tez kelmaydi, ba’zan bekatlarda yo‘qolib ketadi. J. Sharipov, Xorazm

3. Yo‘lovchilarning biror transport turi (masalan, avtobus, tramvay yoki metro)ga chiqish va undan tushishlari uchun belgilangan joy. Eshaklar dikir-dikir yo‘rg‘alab, Kosondan chiqdi va temir yo‘l bekatiga qarab burilgan yo‘l bo‘ylab ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

3. Yo‘lovchilarning biror transport turi (masalan, avtobus, tramvay yoki metro)ga chiqish va undan tushishlari uchun belgilangan joy. Avtobus bekati.Yer osti bekatlari pardozida kulolchilik san’ati namunalaridan keng foydalanilyapti. Gazetadan

4. Hayotda bosib o‘tiladigan yo‘lning ma’lum bosqichi, marrasi. Hayotning umumiy oqimi bilan birga hamisha olg‘a intilib, yangidan-yangi bekatlarni bosib o‘tayotganini, ulug‘ manzil sari hormay-tolmay suzayotganini eslab, qalbi sevinch va quvonch bilan to‘lardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.