Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {behol}
So‘z bo‘g‘inlari: be-hol
Izoh(lar)i:
behol [be-hol ]

1. Holdan toygan, tinka-madori qurigan; bemajol, holsiz. To‘pa xola sadaning g‘adir-budur po‘stlog‘ini behol barmoqlari bilan silab, yuziga surtdi. I. Rahim, Ixlos

2. Kasal bo‘lib qolgan, bemor. U [qizcha] juda behol, vrachlar va ota-onasining so‘roqlariga arang javob qaytarardi. Gazetadan

3. Ko‘chma Kuchsiz, zaif. Menikiga nima maqsadda chilvir ko‘tarib borib edingiz? — O‘zim, — dedi, behol, nimjon tovush bilan [Juman] M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.