Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {beg‘araz}
So‘z bo‘g‘inlari: be-g‘a-raz
Izoh(lar)i:
beg‘araz sf

1. 1. O‘z manfaatini ko‘zlamasdan, xolis ish tutadigan, yomonlikni istamaydigan, g‘arazsiz. Beg‘araz odam. Beg‘araz do‘st. Xalq g‘amida, el g‘amida kelgan beg‘araz kishilarni mingboshi masxara qilar quvar deb o‘ylamagan edilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Balki biz beg‘araz, shunchaki do‘stlarcha gaplashib yurgandirmiz. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

2. 2. Yomon niyatni ko‘zda tutmagan, sidqi-dillik bilan qilingan; xolisona. Beg‘araz tanqid. Beg‘araz gap. Beg‘araz yordam. Ko‘pchilik o‘z tarixi va madaniyatining beg‘araz targ‘ibotchisi sifatida qoldi. Gazetadan
Yetuk kishilarni yana ming yillar Xalq farzand ataydi, jondan — beg‘araz. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: g‘arazli
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.