1. G‘am-tashvishi yo‘q, g‘am-tashvishdan xoli; betashvish.
Beg‘am odam.
▬
Bu kunlar, dunyoning ishi ko‘proq maishat, yemoq-ichmoq, to‘y-tomoshadan iborat, deb o‘ylaydigan beg‘am Tojiboyga katta tashvish bo‘ldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Beparvo, xotirjam.
Mo‘g‘ullar hujumni to‘xtatib qo‘yganlaridan keyin, qo‘rg‘on himoyachilari beg‘am bo‘lib qolishgan edi.
M. Osim, Karvon yo‘llarida