1. Baxtga erishmagan, baxti kulmagan, baxti qora.
Ona bolasining baxtini ko‘rolmay, baxtsiz bo‘lgani uchun yig‘lar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
1. Baxtga erishmagan, baxti kulmagan, baxti qora.
Ona bolasining baxtini ko‘rolmay, baxtsiz bo‘lgani uchun yig‘lar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Hayoti kulfat, dard-alam bilan to‘lib-toshgan, turmush lazzatidan bebahra, ro‘shnolik ko‘rmagan
Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bag‘rini qon qilmasang, dadang keltirgan xabarni aytaman
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Hayoti kulfat, dard-alam bilan to‘lib-toshgan, turmush lazzatidan bebahra, ro‘shnolik ko‘rmagan.
Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bag‘rini qon qilmasang, dadang keltirgan xabarni aytaman.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror-bir ko‘ngilsiz hodisaga uchragan; bechora.
Muhammadjon singari bolalar, Abduaziz ota singari chollar, kampirlar, o‘lim to‘shagida yotgan bemorlar, baxtsiz mayiblar oz bo‘lganmikan?
A. Qahhor, Oltin yulduz