Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bas}
So‘z bo‘g‘inlari: bas
Izoh(lar)i:
bas [bas ]

1. Boshqa kerak emas, shu bilan yetar; to‘xtat. -Bas! — qichqirdi Mirzakarimboy,— manmanlik — xudo urganlik. Oybek, Tanlangan asarlar

1. Garov bog‘lashmoq, garov o‘ynamoq. Bas bog‘lashib, erta azonda dalaga chiqsangiz, hammadan oldin Jiparoyni ko‘rasiz. Qahramonnoma

1. Erkaklarning eng past, yo‘g‘on ovozi va shunday ovozga ega ashulachi. Baland yoki kuychan bas hamda past bas, farq qilinadi. O‘zME

2. Ko‘p ovozli musiqa asarlaridagi eng pastki ovoz, partiya. Xorda bas birinchi va ikkinchi ovozlarga bo‘linadi. O‘zME

2. Bas qilmoq To‘xtatmoq, xotima bermoq. Nega qo‘shiqni bas qilding, yaxshi yigit? Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy

3. Demak, shunday ekan. Bas, birinchi buyruqni siz olgan ekansiz, nega yana qush-begidan fotiha kutib o‘ltiribsiz?! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kifoya [a]

1. bas I Ot
bahs: Bas bog‘lashmoq – “o‘zi haq ekanini da’vo qilmoq, haq ekanini isbotlashga intilmoq”.

2. bas II Sifat
bo‘ldi, yetar, kifoya; shunday ekan, demak (kesim)

3. bas III Ot
yo‘g‘on tovush chiqaradigan musiqa asbobi; shunday tovushga ega ashulachi

Paronimi: bahs – [a] Munozara, tortishuv; musobaqa.
Qomus: mavjud emas.

1. bas keldi: teng keldi, baravar keldi

1. Abas – foydasiz – behuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p yoki kam ishlatilishiga ko‘ra)

2. Agar – magar – basharti – mabodo – bordiyu
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

3. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

4. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

5. Ko‘r – basir – so‘qir – ojiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

6. Olifta – fason – bashang – satang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

7. Ozod – erkin – hur – sarbast
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortib borishiga ko‘ra)

8. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

9. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.