Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {barqaror}
So‘z bo‘g‘inlari: bar-qa-ror
Izoh(lar)i:
barqaror [bar-qa-ror ]

1. Qaror topgan, qat’iy, uzil-kesil o‘rnashgan; ustuvor. Istiqlolimiz barqaror bo‘lsin.Baxting barqaror bo‘lsin. T. To‘la.

2. Hech qanday o‘zgarish ta’sir etmaydigan, doim birdek turadigan; o‘zgarmas. Barqaror valyuta. Hosilning barqaror bo‘lishi uchun kurashaylik.Xalqim, sensan ellarga To‘kin dasturxon tuzgan, Ne’mating o‘zingga ham Barqaror bo‘lsin, deyman. A. Oripov

3. Bir yerda o‘rnashib qolgan; muqim. Muharrir ikki yildan beri shu vazifada barqaror ekaniga xursand. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: beqaror , o‘zgaruvchan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Barqaror birikma alohida rasmiylashgan, tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadigan, yaxlitligicha qo‘llanish xususiyatiga ega, tayyor holda mavjud, obrazli, jozibali, ma’no jihatdan shakllangan so‘z bog‘lanmasi. Maqol, matal, ibora, tasviriy ifoda barqaror birikma.

Maqol tugal fikr bildirishi, ibora bir so‘zga teng tushuncha anglatishi, matal esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdek «chala» fikr ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazmuni obrazli va ko‘chma xarakterda bo‘lishi bilan o‘xshash.

Nutqda fikr ifodasi uchun barqaror birikmaga ham ehtiyoj mavjud. Mas., kuchli hayron bo‘lib qolganlikni ta’sirchan ifodalash uchun hayron bo‘lmoq fe’li yetarli emas. Shunda barqaror birikma qo‘llanadi: Og‘zi ochilib qoldi – ibora. U ikki mustaqil so‘zdan iborat, nutqqacha tayyor bo‘lgan. Nutqdan keyin ham ongimizda shu holicha turadi. Uning atash ma’nosi hayron bo‘lmoq fe’li atash ma’nosiga teng bo‘lsa-da, qo‘shimcha, ya’ni hissiy va uslubiy ma’nosi bilan farqlanadi. O‘zbek tilida barqaror birikmasifatida maqol, matal, ibora e’tirof etiladi. Tilshunoslikning barqaror birikmani o‘rganuvchi bo‘limi f r a z e o l o g iya, paremiologiya (lotincha parema – «barqaror», logos – ta’limot) deyiladi. Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birlik ko‘p. Mas., so‘z birikmasi, so‘z qo‘shilmasi, gap, qo‘shma so‘z, tasviriy ifoda, maqol, matal va hokazo. Shuning uchun dastlab, turg‘un bog‘lanish va erkin bog‘lanishni birbiridan farqlash kerak. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning bir grammatik butunlik, ma’noviy yaxlitlik tashkil etib, murakkab tushuncha yoki tugal fikrni ifodalaydigan bog‘lanishi – erkin bog‘lanish. So‘z birikmasi va gap erkin bog‘lanishga kiradi. Chunki so‘z birikmasi va gap nutq jarayonida hosil qilinadi. Birdan ortiq so‘zning qotib qolib, nutqda tayyor holda ishlatiladigan bog‘lanishi barqaror, turg‘un bog‘lanishni tashkil qiladi. Barqaror birikma qo‘shma va erkin so‘z birikmasidan quyidagi xususiyati bilan farqlanadi: 1) barqaror birikmada birdan ortiq so‘z birikib, ko‘chma ma’no ifodalaydi; 2) barqaror birikmani tashkil etgan barcha so‘z shu gap tarkibida butunligicha bir bo‘lak yoki bir gap vazifasida keladi; 3) barqaror birikmaning tarkibiy qismi qat’iy bir qolipga kirgan bo‘ladi.

Barqaror birikmani «buzish»–so‘z kiritish, so‘zini almashtirish, olib tashlash mumkin emas.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.