Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {baravar}
So‘z bo‘g‘inlari: ba-ra-var
Izoh(lar)i:
baravar [ba-ra-var ]

1. O‘lchami, hajmi, katta-kichikligi, son-qiymati, harakati jihatidan bir xil, teng. Ikkala ot bir qiyomda, baravar qadam tashlab borar edi. A. Qahhor, Asarlar

1. O‘lchami, hajmi, katta-kichikligi, son-qiymati, harakati jihatidan bir xil, teng. Bo‘yi baravar devor. Baravar hajmli shishalar. Yoshi baravar bolalar. Baravar vaqt oraliqlari.Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi, odob-axloq o‘rgatishi kerak. Gazetadan

2. Bir vaqtda, bir paytda; bir-biridan qolishmay. Baravar ishlamoq. Baravar jo‘namoq. O‘rnidan baravar turmoq.U eshikdan kirganda, dahlizda o‘tirgan uch kishi baravar o‘rnidan turib salom berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Bir vaqtda, bir paytda; bir-biridan qolishmay. Karvon ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chinqiriqdan baravar to‘xtashdi. S. Karomatov, So‘nggi barxan

3. Sanoq sonlar, shuningdek, “necha“, bir necha so‘zlaridan keyin kelib, shu miqdor darajasida qaytarilganlikni, karralilikni ifodalaydi. Kutganidan bir necha baravar ortiq kaltak yegan dushman aql-hushidan ozayotgan edi. N. Safarov, Olovli izlar

3. Sanoq sonlar, shuningdek, “necha“, bir necha so‘zlaridan keyin kelib, shu miqdor darajasida qaytarilganlikni, karralilikni ifodalaydi. Brigada hosildorlikni ikki baravar ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston qo‘riqlari

4. “Birga“, shuningdek ma’nolarini ifodalaydi. Lekin shu bilan baravar, Mirzakarimboy Yo‘lchining butun siymosida katta jasorat va g‘urur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. “Birga“, shuningdek ma’nolarini ifodalaydi. Lekin shu bilan baravar, Mirzakarimboy Yo‘lchining butun siymosida katta jasorat va g‘urur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. 3-shaxs egalik, jo‘nalish yoki o‘rin-payt kelishigi shakllarida kelib, ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (baravarida). Tafsilotlar baravariga II so‘zi izohida keltirilgan. -

5. 3-shaxs egalik, jo‘nalish yoki o‘rin-payt kelishigi shakllarida kelib, ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (baravarida).Tafsilotlar baravariga so‘zi izohida keltirilgan.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: karra [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

2. teng baravar: baravar ikki yoki bir necha qismga ajratmoq; baravar

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.