1. Biror narsaning (asosan, noz-u ne’matlar, ekin hosili) kutilgan darajadan mo‘lligi, serobligi.
Baraka ko‘tarildi. Baraka yo‘qoldi. Janjalli uyda baraka bo‘lmas.
Maqol

2. Olloh beruvchi nasiba, ne’mat; ehson.
— Xudo baraka bersin, teraveringlar! — deb fotiha berdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.
Yig‘lama, yig‘idan hech kim baraka topgan emas!
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
3. Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.
Qaytgan molda baraka bor.
Maqol
4. Qo‘shaloq ko‘sak va shunday ko‘sakda ochilgan paxta; qo‘shaloq meva.
Etakka yopishgan to‘ng‘iztaroqlarni yulib tashlab, baraka qidirishlari ham, g‘o‘zalar orqasiga yashirinib olgancha, qizlarga xom ko‘rak otib sho‘xlik qilishlari ham — hamma-hammasida allanechuk quvnoq, zinhor-zinhor qaytib kelmas orzular bor edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol