Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {banda}
So‘z bo‘g‘inlari: ban-da
Izoh(lar)i:
banda [ban-da ]

1. Olloh yaratgan, taqdiri uning qo‘lida bo‘lgan kishi; Ollohning quli. Bandasi Ollohning irodasidan chiqa olmaydi. S. Ahmad, Ufq

1. Kimgadir, biror kishiga qaram kishi; fuqaro. - -

1. Ism.

2. Umuman odam, kishi. Yaxshilikka o‘rgangan bir banda osonlik bilan o‘z yaxshiligini qo‘ymaydir. A. Qodiriy, Kichik asarlar

4. Biror narsaga butun vujudi bilan berilgan kimsa. — Nafs bandasi Birov ishdan kelsa, siz oshdan kelasiz, — dedi Meli polvon jahli chiqib. P. Tursun, O‘qituvchi

5. Oshiq, maftun, shaydo bo‘lgan kishi haqida. Qizning cho‘lpon ko‘zi yuraklarga o‘t yoqarkan, qora qo‘ng‘ir sochi taqimiga urib turganini ko‘rgan har bir yigit unga banda bo‘lar ekan. N. Safarov, Katta karvon yo‘lida

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. banda I Ot
Xudoning quli; qaram kishi

2. banda I Ot
qurollangan o‘g‘rilar, bochqinchilar, banditlar to‘dasi, shayka

Paronimi: bandi – [f-t][f] Asir tushgan, asir qilib olingan odam; tutqin.
Qomus: mavjud emas.

1. bandalik qilmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

2. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

3. bandalikni topshirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.