1. belg. olm. lm. Yolg‘iz holda yoki bir so‘zi bilan ishlatilib, bir turdagi yoki har xil narsa, kimsa, voqea-hodisalardan ayrimlarini, butundan bo‘lakni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.◆ Ba’zi (bir) narsalar. Ba’zi (bir) odamlar. Ba’zi (bir) kunlar. ▬ Gulnor [Unsinning] burnini, peshonasini va ba’zi harakatlarini Yo‘lchiga o‘xshatdi. Oybek, Tanlangan asarlar Og‘aynida ham og‘ayni bor. Ba’zi og‘ayni bo‘ladi, joningga jonini mix qilib qoqib tashlaydi. A. Qahhor, Og‘aynilar
2. ot vzf. zf. Ayrim kishi, narsa va shu kabilarni ifodalaydi. Atrofda odam to‘plandi. Ba’zilar achinardi, ba’zilar — tomoshabin. Oybek, Tanlangan asarlar Xotinlarning ba’zilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yo‘lchiga yashirincha mo‘ralashadi. Oybek, Tanlangan asarlar Buni eshitib, ba’zilar qotib-qotib kular, ba’zilar bo‘g‘ilar edi. A. Qahhor, Asarlar.
1. Hamma – ba’zi – hech kim Ma’nosiga ko‘ra (bor-yo‘qligiga ko‘ra)