Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ayol}
So‘z bo‘g‘inlari: a-yol
Izoh(lar)i:
ayol [a-yol ]

1. Umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs; xotin; bu ma’noda asosan ko‘plik shaklida qo‘llanib, umumlashtirish ma’nosiga ega bo‘ladi, xotin-qizlar ma’nosini bildiradi. Oriyatli bo‘lganidan, odamlar yuziga tik qaragani uyaladimi, kim bilsin, bu ayolning vujudida o‘n erkakning or-nomusi bor edi. T. Ashurov, Oq ot

2. Shunday jinsdagi yetuk yoshdagi shaxs (qizga nisbatan). Bugungi kunimizda tengsiz xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan qizlarimiz, ayollarimiz ko‘p. Gazetadan

3. Xotin, rafiqa (erga nisbatan). [Yormat:] Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, ko‘rpa qaviydi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xotin , xotin-qiz , xotin-xalaj
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

2. xayol daryosiga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

3. xayol surdi: hamma narsani unutgan holda o‘yladi

4. xayolga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

5. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi

6. xayolidan ko‘tarildi: unutdi

7. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

8. xayolidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

9. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi

10. xayolni buzmoq: Xayolni bo‘lmoq, sochmoq

1. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

2. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

3. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.