Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aylantirmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ay-lan-tir-moq
Izoh(lar)i:
aylantirmoq [ay-lan-tir-moq ]

1. Aylanmoq fe’lining orttirma nisbati. Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati bo‘lgan yupqagina eski kumush bilaguzukni aylantirib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darmoq, boshqa tomonini o‘girmoq, to‘nkarmoq;. [Hasanali] Bu ikki turli masalaning o‘ng-tersini aylantirib muhokama qildi va o‘lchadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Gap bilan chalg‘itmoq, laqillatmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chalg‘itmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.