1. O‘z o‘qi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana bo‘ylab davra olib yurmoq.
Juvon davrani uch aylangandan keyin o‘zi singari kiyingan bir yigitni tortdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. Sayr-tomosha yoki boshqa maqsadda kezmoq.
G‘ulomjon shahar aylangani ketdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. Biror yerda yoki doirada o‘ralashib yurmoq; aylanishmoq.
Abdishukur Tatar savdogarlari orasida aylanarkan, uni-buni tanidi.
Oybek. Tanlangan asarlar
4. Muomalada bo‘lmoq, yurmoq.
Kapitalning aylanishi.
-
5. Boshqa narsaga, boshqa holatga o‘tmoq.
Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi.
A. Qahhor, Ko‘k konvert
6. (ayrim so‘zlar bilan) Tusini kasb etmoq, shunday bo‘lmoq.
Har yili buvimni eslash, xuddi shu kuni amma-amakilar yig‘ilishi odatga aylangan.
Gazetadan