1. 1. Aylanmoq fe’lining birgalik nisbati.
Davrani to‘rt aylanishdi hamki, juvon yonbosh bermadi.
S. Ahmad, Jimjitlik
2. 2. Biror yerda yoki biror ish bilan ovora bo‘lib, tutilib qolmoq, biror yerda aylanib, o‘ralishib yurmoq.
Hakimboyvachcha: — Ertalab kelgan edim. Bankda aylanishib qoldim, — dedi-da, so‘zlab ketdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Asosiy, odatdagi bo‘lmagan biror ish, narsa bilan shug‘ullanmoq.
Qimorga aylanishmoq. Bozorga (savdoga) aylanishmoq.
4. 4. Biror narsa ilinjida oralamoq, paydo bo‘lmoq; oralamoq.
Begona kishilar aylanishib qoldi.
5. manf. nf. Biror kimsaning ilinjida bo‘lmoq; ilakishmoq.
Uning [Sharofatning] nazarida, bu taxminlardan haqiqatga yaqinrog‘i Sidiqjonning shu juvon o‘lgur Kanizakka aylanishib qolganligi edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari