1. Ona, oyi. [Mirzakarimboy:] Qalay, onang baquvvatmi? [Yo‘lchi:] Ayam, shukur, sog‘-salomat. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Tarbiyachi ayol, murabbiya. Ayaga bitta achchiq choy qilib bering, qizim. S. Ahmad, Yulduz
3. Hurmat yuzasidan ayollar nomiga qo‘shib aytiladi yoki ayollar nomining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ertaga azonlab dalaga chiqish kerakligini eslab, Dildor ayvonga Malika aya uchun ham joy qilib, chiroqni o‘chirmay yotdi. S. Ahmad, Ufq
4. O‘zidan katta ayollarga hurmat bilan murojaat qilishda ishlatiladi. [Xonzoda G‘ofirga:] Belingda belbog‘ing bormi? Qanday sharmanda, xudo urgan erkaksan? [G‘ofir:] Aya! Haqorat qilmang! Hamza, Boy ila xizmatchi
1. aya I Ot ayol, ona
2. aya II Fe’l avaylamoq, ehtiyot qilmoq
1. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi