1. Valilar, e’tiqodli, dindor kishilar; aziz, muqaddas, ollohga yaqin kishilar; ruhoniylar.
Xoja Bahouddin Naqshbandning Buxoroda avliyo sifatida shuhrat topishida bir voqea sabab bo‘lgan ekan.
Gazetadan
2. Karomat, bashorat qila oladigan, mo‘jizalar ko‘rsata oladigan odam.
Tantiboyvachcha olazarak bo‘lib, yelkasini qisdi va yerga qarab dedi: — Biz avliyomizmi? Qayerda ekanini aytish juda mushkul.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kest. Ulug‘, zo‘r fahmlanuvchi odam yoki narsa.
Nima, zveno bo‘lib, avliyo bo‘ptimi?
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
4. Hech narsa bilan ishi yo‘q, darveshsifat, darveshnamo odam.
Yuragingda O‘rinboy otaning o‘giti bor-da. Dadang pok odam. Qishloqning avliyosi u. Ishonaman.
Oybek, Quyosh qoraymas