Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {atayin}
So‘z bo‘g‘inlari: a-ta-yin
Izoh(lar)i:
atayin ys

1. 1. Maxsus ravishda, alohida bir maqsad bilan. Orombaxsh, salqin bog‘da sayr etib yurgan ikki yosh yurak bu safar ham tunda uylariga atayin piyoda jo‘nashdi. Mirmuhsin. Umid
[Bazarov:] Qani, Adolatxon, izvoshga chiqing, atayin sizni olib ketgani keldim. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Maxsus holda, jo‘rttaga. Yigitlar atayin xiralik qilib, uni o‘tkazgani qo‘yishmaydi. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: beixtiyor [f-t]
Sinonim(lar)i: ataylab , azza-bazza
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Azza-bazza – ataylab – atay – atayin – qasddan – jo‘rttaga
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.