Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {askiya}
So‘z bo‘g‘inlari: as-ki-ya
Izoh(lar)i:
askiya [as-ki-ya ]

1. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining bir janri bo‘lib, unda so‘z o‘yiniga, qochiriqlarga asoslangan holda ikki yoki undan ortiq kishi yoki taraflar musobaqalashadi. Askiya, odatda, to‘y-tomosha, sayl, ziyofat kabi yig‘inlarda o‘tkaziladi. Askiyaga juda usta ekan, olamda dard nima, o‘lim nima ekanini butkul unutib, rosa kulishdik. A. Qahhor, Ming bir jon

2. Askiyaboz, askiyachi laqabi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: aksiya – [r<fr][fr] Aksiyadorlik jamiyati chiqargan qimmatbaho qog‘oz; biror maqsadga erishish uchun qilinadigan harakat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.