1. Urush vaqtida dushman qo‘liga tushib, ozodlikdan mahrum bo‘lgan shaxs; bandi.
Asir olmoq. Asir tushmoq. Asirlarni almashmoq. Turdiyev asirni to‘g‘ri batalyon shtabiga olib jo‘nadi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. Tutqun, bandi holatida yashovchi shaxs.
To‘rt devor asiri bo‘lib o‘tirgan ayollar bunday paytlarda kattakon bog‘da qafasdan chiqqan qush singari yayrar.
X. Ahrorova, Orifning davlati
3. Biror kimsa yoki narsaga o‘zini butunlay topshirgan, uning quli holatidagi shaxs.
Mana shu kundan boshlab Yo‘lchi shu qizning asiri, maftuni bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar