Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {asal}
So‘z bo‘g‘inlari: a-sal
Izoh(lar)i:
asal [a-sal ]

1. O‘simliklar gulidagi shira (nektar)ning ishchi asalarilar organizmida qayta ishlanishidan hosil bo‘ladigan shirin, suyuq oziq mahsuloti. Mehnat qilib topganing — qand-u asal totganing. Maqol

2. Juda shirin narsa haqida. Kuz oylari boshlanishida bu yerda hovli atrofidagi yetinqiragan mevalar, so‘ridagi husayni uzumlardan asal tomib turadi. Tuyg‘un, Do‘stlik sevinchlari

3. Asal (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bol
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati»maxsus, o‘ziga xos lug‘at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O‘.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘at yasama so‘zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so‘zidan beshta yangi so‘z va bu yangi so‘zdan yana beshta boshqa yangi so‘z hosil bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin:

 

amal ®

amal-dor ® amaldor-lik

amal-iy ®

amaliy-ot

g‘ayri-amaliy

amal-la

amal-parast ® amalparast-lik

be-amal ® beamal-lik

 

Yangi so‘z hosil bo‘lishiga tayanch, asos vazifasini o‘tovchi so‘z yasovchi asos hisoblanadi. Yuqoridagi amal so‘zi o‘zidan kelib chiqqan beshta so‘z uchun yasovchi asos. O‘z navbatida bu so‘zlar keyingi yasalish uchun yasovchi asos vazifasini o‘taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so‘z esa yasama so‘z. Amal so‘zidan hosil bo‘lgan beshta so‘z va keyingi yasalishbunga misol.

Yasama so‘zni vujudga keltiruvchi turli vosita mavjud. Ular qo‘shimcha yoki so‘z ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday vosita lug‘atda qoraytirilgan (jirniy) shaklda berilgan.

Yasovchi asos va yasama so‘z yig‘indisi yasalish uyasini tashkil qiladi. Lug‘atda har bir so‘zdan yasalgan yasalish uyasi alohida ajratib berilgan.

O‘quv lug‘ati yana quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

1) fe’l an’anaviy lug‘atlardagidek harakat nomi shaklida emas, balki buyruq (o‘zak) shaklida berilgan:

lov ® lov-illa, moyil ® moyil-lan, ayni ® ayni-makabi;

2) so‘z yasovchi qo‘shimchadan oldin kelgan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ajratilib, qoraytirilmagan ko‘rinishda berilgan:

 

maqta ®

maqta-n-ar-li

maqta-n-choq

maqta-r-li

 

bela ® bela-n-chak kabi;

3) omonim so‘zlar rim raqami bilan belgilab berilgan va ma’nosi izohlab ketilgan:

bandI (mashg‘ul) ®band-lik (mashg‘ullik)

 

band II (dasta) ®

band-li

band-lik (dastalik/soplik);

 

4) lug‘atda, asosan, affiksatsiya usuli bilan yasalishlar keltirilgan;

5) tovush o‘zgarishi hodisasining asli “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”da berilgani uchun ko‘rsatilmagan:

bo‘ya ® bo‘yo-q, ot (ism) ® at-a ® ato-q ® atoq-likabi.

Lug‘atda 3257 ta tub so‘z (so‘z yasalish uyasi) berilgan, ulardan 9443 ta yasama so‘z hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Demak, bu lug‘atda o‘rtacha 1 ta so‘zdan 3 ta so‘z yasalganini ko‘rish mumkin. Albatta, lug‘at o‘zbek tilidagi hamma so‘zlarni qamrab olmagan. Faqat eng faollari – maktab o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan so‘zlargina lug‘atda o‘z aksini topgan.

 

So‘z yasash –yangi so‘z hosil qilish. O‘zbek tilida to‘rtta mustaqil so‘z turkumi – ot, sifat, fe’l, ravish yasalishi tan olinadi.Yasama son va olmosh tilda mavjud emas.So‘z yasalishining tarixiy va zamonaviy turi farqlanadi. Zamonaviy so‘z yasalishida yasama so‘zning o‘zakka aloqasi sezilib turadi. Mas., kitobxon so‘zi kitob so‘zi bilan, ishchi so‘zi ish so‘zi bilan, gulla so‘zi gul so‘zi bilan aloqadorligi ko‘rinib turibdi. Tarixiy yasalishda yasama so‘zning o‘zakka aloqasi sezilmaydi. Bu maxsus tekshirish natijasida aniqlanadi. Mas., qishloq, ovloq so‘zini qish, ov so‘ziga bog‘lab bo‘lmaydi. Chunki u tarixiy yasalishga oid. Qorovul, yasovul, silliq so‘zida ham shu hol kuzatiladi. Darslikda so‘z yasalishining quyidagi usuli e’tirof etiladi: a) qo‘shimcha qo‘shish usuli (affiksatsiyayoki morfologik usul); b) so‘z qo‘shish usuli (kompozitsiya yokisintaktik usul). Tilshunoslikka oid boshqa har xil manbada bundan boshqa usul borligi ham aytiladi: a) boshqa turkumga ko‘chirish usuli (konversiya); b) so‘zni yangi ma’noda qo‘llash usuli (semantikyoki leksiksemantik usul); v) tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul); g) so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya). Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida so‘z yasashning qisqartirish (abbreviatsiya) usuli ham bor deyiladi. (Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiev A. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: pedagogika institutlari filologiya fakulteti studentlari uchun darslik. –T.: O‘qituvchi, 1980.– B. 186. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: o‘zbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi uchun qo‘llanma. – Buxoro, 2005. –B. 136.) E.Qilichevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida esa bu usul keltirilmaydi. Demak, bu usul munozarali. So‘z yasalganda, yangi lug‘aviy ma’no vujudga kelishi lozim. Qisqartma so‘zda bunday hol kuzatilmaydi. Mazkur darslik va qo‘llanmada qayd etilgan sintaktikleksik usulda so‘z birikmasining vaqt o‘tishi bilan qo‘shma so‘zga aylanishi nazarda tutiladi: tokqaychi, qashqargul, mingboshi, jo‘xoripoya, yengiltabiat, kaltafahmkabi. Ko‘rinadiki, bunday so‘z yasalishi so‘zni so‘zga qo‘shish, ya’ni sintaktik usuldan farq qilmaydi: erksevar, belbog‘, tomorqa, boshpana, asalari, tuyaqush, oybolta, qo‘ziqorin, xushfe’l.Demak, bu ikki usulni birlashtirib, so‘zni qo‘shib so‘z yasash (kompozitsiya, sintaktik) usuli deyish mumkin. Fonetik usul deganda so‘z tarkibidagi tovushni o‘zgartirish orqali yangi so‘z yasash tushuniladi. Bunda so‘z boshqa turkumga ko‘chishi ham mumkin: ko‘r (fe’l) –ko‘z (ot), qattiq (sifat) –qatiq (ot), semir (fe’l) –semiz (sifat), oyoq (ot) –yayov (ravish), artmoq (fe’l) –archmoq (fe’l).

So‘z yasalishi tahlili. So‘z yasalishi tahliliso‘zlarning yasalish turi, usuli va xususiyatini aniqlash.Tartibi quyidagicha:1. So‘z yasash qolipi aniqlanadi. 2. Qoliphosilasiningnutqiy, lisoniylashayotganyokilisoniylashganligianiqlanadi. 3. So‘zyasovchimorfemalaraniqlanadi.

Namuna: Bilimdonlik

(fe’l) + (im) = asosdananglashilganharakatnatijasiniatash: bilim, terim, tinim, o‘rim, to‘plam; unumli lisoniy qolip, fe’ldan ot yasalmoqda; (ot) + (don) = asosdan anglashilgan narsaga egalikni bildirish: gapdon, bilimdon; kam unum lisoniy qolip, otdan sifat yasalmoqda; (sifat, ravish) + (lik) = asosdan anglashilgan belgi bilan bog‘liq holatni atash: mardlik, tezlik, xursandlik; unumli lisoniy qolip, sifatdan ot yasalmoqda; Bir o‘zakdan uch marta so‘z yasalgan.

1. tasalli bermoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘llar bilan yupantirmoq, taskin bermoq.

2. tasalli topmoq: ko‘ngli tinchlanmoq, taskin topmoq.

1. Kasal – betob – notob – bemor – nosog‘ – xasta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.