Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {arvoh}
So‘z bo‘g‘inlari: ar-voh
Izoh(lar)i:
arvoh ot

1. 1. Diniy tasavvurlarga ko‘ra: faqat odam tirikligida, hayotida u bilan bo‘ladigan, vafotidan keyin tandan chiqib, abadiy mavjud bo‘ladigan g‘ayrimoddiy asos; ruh. Tirik mo‘minlar qarg‘ishidan qo‘rqmasang, marhumlar arvohidan qo‘rq. Gazetadan
Shu yerni obod qilinglar. Har holda ota yurting. Otangning arvohi ham shod bo‘ladi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi

2. 2. Marhumning kishi xayolida ko‘ringan sharpasi. Sevguvchi yigitni solmishdir yo‘lga, Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh. H. Olimjon.
Shayx arvohdek besas, beparvo turardi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.