Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {arbob}
So‘z bo‘g‘inlari: ar-bob
Izoh(lar)i:
arbob ot

1. 1. Fan, madaniyat, san’at sohasida yoki davlat ishida o‘z faoliyati bilan tanilgan, shu sohada o‘zini ko‘rsatgan shaxs. Jamoat arbobi. Madaniyat arbobi. San’at arbobi. Siyosiy arbob.

2. 2. Davlat, hukumat apparatida ishlovchi yuqori martabali shaxs, rahbar. O‘rta Osiyo ayollaridan davlat arboblari, mehnat qahramonlari, olimlar yetishgan. Oybek, Nur qidirib

3. tar. ar. Buxoro xonligida: mahalla boshlig‘i, ellikboshi yoki qishloq oqsoqoli. Haydar uchinchi g‘alvirni to‘ldirayotganda, qishloq tomonidan har biri bir xurjun ko‘tarib imom, sartarosh va arbob shoshib-pishib yetib keldilar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.