1. andarmon bo‘lmoq: biror mashg‘ulot, ish va sh.k ga berilmoq, qiziqib ketmoq
2. aravani quruq olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi
3. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq
4. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq
5. aro bermoq: ko‘rinishini ko‘rkam, chiroyli qildi
6. arosatda qolmoq: na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmay, aro yo‘lda qolmoq; qilar ishidan yanglishib, gangib qolmoq
7. arpasini xom o‘rdi: nima yomonlik qildi
8. arra qilmoq: teng bo‘lishib olmoq
9. arsh qilmoq: Kayf-safo qilmoq, aysh-ishrat qilmoq.
10. asar qilmoq: 1.ta’sirini o‘tkazmoq. 2.ta’sir qilmoq
11. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi
12. barakasi ketmoq: serobligi yo‘qoldi, mo‘lligi barxam topdi.
13. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.
14. bardosh berdi: chidadi
15. barmog‘ini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi
16. barmog‘ini tishladi: 1) hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi 2)afsuslandi
17. barq urdi: gurkirab, g‘oyat tez yayrab-yashnadi
18. befarq qaramoq: e’tiborsizlik, be-parvolik bilan qaramoq, loqayd bo‘lmoq.
19. beri qaramoq: tuzalish, yaxshilanish tomoniga o‘tmoq, yaxshilanmoq (bemorning ahvoli haqida).
20. besh barmog‘ni og‘ziga tiqdi: hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intildi, nafsga berildi
21. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq
22. bir yoqadan bosh chiqardi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi
23. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq
24. bo‘zarib turmoq: serrayib, qaqqayib turmoq; qimirlamay turmoq
25. bosh ko‘tardi: 1) qaradi 2) qilib turgan ishini to‘xtaldi 3)qo‘zg‘aldi, harakat qildi 4) kurashga chog‘landi 5) unib chiqdi
26. boshiga ko‘tardi: qattiq shovqin soldi, yuksak darajada izzat-hurmat qildi
27. boshini ko‘tardi: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi
28. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi
29. burni ko‘tarildi: gerdayib ketdi, kibrga berildi
30. burni osmonga ko‘tarilgan: gerdaygan, kibrlangan
31. chang chiqarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.
32. chang ko‘tarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.
33. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.
34. chaparasta qilmoq: Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq.
35. chuchvarani xom sanabsan: xom xayol qilib yuribsan, xomtama bo‘libsan
36. darak berdi: xabardor qilib qo‘ydi
37. dargohiga bosh urdi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi
38. darxon etmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq
39. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq
40. darz ketmoq: biror kuch, harakat ta’sirida putur yetmoq, zarbaga uchramoq, buzilmoq.
41. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.
42. dil tortar: yoqimli
43. dimog‘i ko‘tarildi: gerdayib ketdi, kibrga berildi
44. do‘ppisini yarimta qilib: g‘am emasdan, shod- xurram bo‘di
45. egardan tushmaslik: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutdi
46. esdan ko‘tarildi: unutdi
47. fahm-farosat(i) yetadi: idrok qildi, uqdi, bildi
48. farishtasi qochmoq: fayzsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolmoq; qut-barakasi yo‘qolmoq.
49. faryod chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.
50. fikrlari bir yerdan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi
51. gap qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi
52. gardanidan soqit qildi: o‘zini javobgarlikdan xoli qildi
53. gardaniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi
54. gardaniga tushdi: zimmasiga yuklandi
55. gardaniga yukladi: biror ishni bajarishga majbur qildi
56. haddan tashqari: ortiq darajada, nihoyatda
57. har kuyga solmoq: har kuyga solmoq
58. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.
59. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.
60. ilgari bosmoq: yaxshi tomonga o‘zgarmoq, yurishib ketmoq.
61. iltimosini qaytardi: rad javobini berdi
62. ishdan chiqardi: yaroqsiz holga keldi
63. istarasi issiq: xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador
64. istarasi sovuq: yoqimsiz, badhazm
65. jar soldi: 1)jarchi vositasida eshittirildi 2)keragidan ortiq darajada bo‘rttirib xabar tarqatdi
66. jigar bag‘ri xun bo‘ldi: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi
67. jigar- bag‘ridan urdi: o‘ziga shaydo qildi
68. jigari suv bo‘lmoq: qiynalmoq, azob chekmoq.
69. jigaridan urdi: o‘ziga shaydo qildi
70. joniga aro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi
71. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi
72. ko‘kka ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi
73. ko‘kka ko‘tarmoq: ko‘kka ko‘tarmoq
74. ko‘klarga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya
75. ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi
76. ko‘ksi ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi
77. ko‘ngli ko‘tarildi: ruhlandi
78. ko‘ngli ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi
79. ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi
80. ko‘nglidan chiqardi: 1)butkul unutib yubordi, o‘ylamay, eslamay qo‘ydi 2)ko‘nglidagi g‘uborni tarqatdi 3)o‘z roziligi bilan berishni ma’qul ko‘rdi
81. ko‘nglini ko‘tardi: ruhlantirdi
82. ko‘nglini tog‘day ko‘tardi: xursand qilib benihoya ruhlantirdi
83. ko‘rarga ko‘zi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi
84. ko‘rpasiga qarab oyoq uzatdi: imkoniyatini hisobga olib ish tutdi
85. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik
86. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar: hech narsadan bexabar
87. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘ldi: hech narsani ko‘rmaydigan, eshitmaydigan bo‘ldi
88. ko‘zi qiyarda-qiymay: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik
89. ko‘zilari chanog‘idan chiqar bo‘ldi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) hayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
90. ko‘zlaridan qon tommoq: O‘ta g‘azabli holatni qayd etadi.
91. nafasi chiqarmaslik: hech narsa demadi, indamadi
92. nari borib, beri keldi: juda qattiq azoblandi
93. nari borsa: ko‘pi bilan, ortig‘i bilan hisoblanganda
94. nari-beriga bordi: xafalashdi, janjallashdi
95. nazar soldi: diqqat bilan qaradi
96. nazar tashladi: qisqa muddat qaradi
97. nazarda tutdi: fikran hisobga oldi
98. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik
99. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi
100. nazari tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi
101. nazaridan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi
102. nazaridan qoldi: yaxshi munosabatidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo‘ldi
103. nog‘arasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi
104. o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.
105. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.
106. obro‘yi ko‘tarildi: yana ham e’tiborli bo‘ldi
107. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi
108. og‘ziga qarab: o‘ylab («gapirdi»)
109. og‘ziga qaradi: 1) tingladi, nima deyishini diqqat bilan kutdi 2) o‘z bilganicha ish qilmay, kimningdir ko‘rsatmasini kutdi
110. og‘ziga qaramay: o‘ylamasdan («gapirdi»)
111. og‘ziga qaratdi: nutqi bilan mahliyo qilib oldi
112. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q
113. oralari ochiq: bir-biriga qarzdor emas, bir-biriga malol keladigan hech nima o‘rtada yo‘q
114. oralaridan qil ham o‘tmaydi: nihoyatda ahil, inoq, yaqin
115. oralarini buzdi: o‘zaro munosabatini yomonlashtirdi
116. osmonga ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi
117. osmonga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya
118. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi
119. ovi baroridan kelmoq: kimning Ishi yurishmoq, ko‘zlangan maqsadga erishmoq.
120. parvoyi falak: beparvo, beg‘am
121. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik
122. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi
123. puchakka chiqardi: xom xayol bo‘lib chiqdi
124. qarshi oldi: kutib oldi
125. qirq marta o‘lchab, bir marta kesadi: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi
126. qiyg‘ir qarash qilmoq: o‘qrayib qaramoq.
127. qo‘l ko‘tardi: 1)urdi 2)tarafdorligini, xayrixohligini bildirdi 3)gapiruvchi ekanini bildirdi
128. qo‘lini ko‘tardi: taslim bo‘lganini bildirdi
129. qo‘ltig‘dan tarvuzi tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
130. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi
131. qovoq-dimog‘iga qaramoq: birovning xohishi bilan hisoblashmoq; birovning kayfiyatiga, ko‘ngliga qarab ish tutmoq.
132. quruq aravani olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi
133. ro‘yobga chiqardi: 1)ko‘ngildagi istak-rejalarni voqelikka aylantirdi 2)moddiy-ma’naviy ojizlikdan xalos bo‘ldi
134. ruhi ko‘tarildi: ruhiy tushkunlikdan chiqdi
135. ruhini ko‘tardi: ruhiy tushkunlikdan qutqardi
136. sariq chaqalik: hech
137. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi
138. sirkasi suv ko‘tarmaydi: tanqidga mutlaqo chidamaydi
139. so‘z qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi
140. so‘ziga so‘z qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi
141. so‘zini qaytardi: rad javobini berdi
142. so‘zlari bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi
143. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
144. targ‘ib etmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.
145. targ‘ib qilmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.
146. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
147. tasarruf etmoq: egalik qilmoq.
148. tasarruf qilmoq: egalik qilmoq.
149. taxirini chiqarmoq: sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq.
150. temir daftar: s.t. ko‘chma Yozuvlari qonun kuchiga ega bo‘lgan daftar
151. teng baravar: baravar ikki yoki bir necha qismga ajratmoq; baravar
152. teskari dunyo: Bevafo, o‘zgarib turuvchi dunyo
153. tili bir qarich: maqtanishga, gapirishga haqli
154. titig‘ini chiqarmoq: Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq
155. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi
156. to‘rt tarafi qibla: qayoqqa xohlasa, ketaversin
157. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi
158. tomdan tarasha tushganday: qo‘qqisdan, kutilmagan holda va qo‘pol tarzda
159. tumtaraqay bo‘lmoq: Tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish holatiga tushmoq
160. tumtaraqay qilmoq: Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, to‘zitmoq
161. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora
162. xabar berdi: xabardor qilib qo‘ydi
163. xabar oldi: 1)o‘zi kelib xabardor bo‘ldi 2)biror kishining turish–turmushini, ahvolini yengillatishga ko‘maklashdi
164. xabar topdi: xabardor qilindi
165. xayol daryosiga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi
166. xayolidan ko‘tarildi: unutdi
167. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq
168. xotiradan chiqardi: unutdi
169. xotiridan ko‘tarildi: unutdi
170. xurmachasi oqarmagan: ayn. kosasi oqarmagan q. oqarmoq
171. yara ustiga chipqon: Dard ustiga dard, qayg‘u-alam ustiga yana og‘irrog‘i.
172. yarasiga tegmoq: q. yara.
173. yarasini yormoq: Dardini aytmoq, dilidagini oshkor qilmoq.
174. yarim uyqu: Chala uyqu, uyquli-uyqusiz holat
175. yeng shimarib: astoyidil, jiddiy ravishda
176. yeng shimarmoq: biror yumushni bajarishga taxt bo‘ldi, biror ishni qilishga otlandi
177. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi
178. yerga qaradi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushdi
179. yetti yashardan yetmish yashargacha: katta-kichik, hamma
180. yo‘ldan chiqarmoq: yomon yo‘lga boshladi, aynitdi
181. yodidan chiqarmoq: unutdi
182. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi
183. yomonning kuchi yapaloqqa yetar: O‘zidan kichik yoki kuchsizga ozor beruvchi kishiga nisbatan aytiladigan ibora
184. yostiqdan bosh ko‘tarmoq: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi
185. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq
186. yulduzni benarvon uradigan: har qanday ishni abjirlik bilan bajaradigan
187. yuragi daryo: hovliqmasdan, shoshmasdan ish tutadigan
188. yuragi ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi
189. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi
190. yuragidan chiqarmoq: 1.butkul unutib yubordi, o‘ylamay, eslamay qo‘ydi 2.ko‘nglidagi g‘uborni tarqatdi 3.o‘z roziligi bilan berishni ma’qul ko‘rdi
191. yuragiga sig‘armidi?!: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik
192. yurakka sig‘armidi: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik
193. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi
194. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi
195. zahar bo‘lmoq: Zaharga, og‘uga aylanmoq, tatimaslik
196. zarar keltirmoq: zararli bo‘lib chiqdi
197. zarar ko‘rmoq: zarar qildi
198. zarar yetkazmoq: zararli bo‘lib chiqdi
199. zarari tegmoq: zararli bo‘lib chiqdi
200. zardasi qaynamoq: juda jahllandi
201. zardob yutmoq: Dard-alam chekmoq