1. Anordoshlarga mansub, kichikroq daraxt yoki buta shaklidagi subtropik o‘simlik. Har joy-har joyda ko‘milgan anor tuplari do‘mbayib yotibdi. S. Zunnunova, Olov
2. Shu daraxtning ichi qizil donalar bilan liq to‘la yumaloq mevasi. Achchiq anor. Chuchuk anor. Anor suvi. Uchinchi kuni Hafiza olma, asal anorlar bilan to‘la setkani bir qizdan Umidga kiritib yubordi. Mirmuhsin, Umid
3. Anor (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
1. Xalta – qop – qanor Ma’nosiga ko‘ra (hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)