Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {anketa}
So‘z bo‘g‘inlari: an-ke-ta
Izoh(lar)i:
anketa ot

1. Tegishli ma’lumot olish, to‘plash uchun belgilangan so‘roq varaqasi, so‘rovnoma. Kadrlarni hisobga olish anketasi. Anketa ma’lumotlari. Anketa to‘ldirmoq. Anketa so‘rovi. Anketa asosida so‘rov o‘tkazish. ▬ Keyingi vaqtlarda jamiyatimizda anketa so‘rovi yoki test o‘tkazish o‘ziga xos modaga aylanib borayotgani ko‘zga tashlanadi. Tafakkur

2. So‘roq (savol) orqali to‘plangan ma’lumotlar, shunday yo‘l bilan ma’lumotlar to‘plash. Anketa o‘tkazmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: so‘rovnoma
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.