Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {andaza}
So‘z bo‘g‘inlari: an-da-za
Izoh(lar)i:
andaza [an-da-za ]

1. Kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilarni bichish, tayyorlash uchun qalin qog‘oz, karton va shu kabilardan yasalgan nusxa-qolip. Etik andazasi. Chelak uchun andaza yasamoq. Andaza bilan ish bichmoq. -

2. Tayyor qolip, namuna. Sharqning havo darvozasi biz, Yangilikning andazasi biz. Shayxzoda, Toshkentnoma

3. O‘lchov, me’yor. Mamlakat rahbarining farmoni milliy hayotimizni eng yuqori zamonaviy andazalarda qurishga chaqiryapti. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: namuna [f-t], qolip [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.