1. 1. Sharq mifologiyasi va xurofiy tasavvurda: go‘yo har xil qiyofada ko‘rinadigan afsonaviy maxluq.
Kampirlarning mish-mishlariga ko‘ra, kishi ko‘ziga ko‘pincha kechalari echki bo‘lib ko‘rinadigan “ajina“ va alvastilar makoni bo‘lgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh bo‘lib qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. ko‘chma hma Shu maxluqqa nisbatlash, u bilan ataluvchi shaxs (asosan xotin-qizlarga nisbatan).
Shu choqqacha birovga so‘zini bermagan, birovdan gap eshitmagan Begim, notanish xotindan dakki yedingmi, u alvastining ola-kula ko‘zlaridan qo‘rqib, kaltagidan qochdingmi?
I. Rahim, Chin muhabbat