Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ajr}
So‘z bo‘g‘inlari: ajr
Izoh(lar)i:
ajr ot

1. Evaz, evaziga bo‘ladigan narsa, to‘lov. Ona bularning hammasiga bardosh berdi. Endi shu bardoshning ajrini ko‘ryapti. Sharq yulduzi
..savobini qabriston ahliga bag‘ishlasa, Alloh taboraka va taolo mayyitlar soniga teng miqdorda ajr-u savob yozar ekan. Gazetadan
U bilmaydiki, Xudo nola-yu fig‘onlarga qarab emas, bandasining yurgan yo‘liga qarab ajr beradi. T. Malik, Shaytanat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ajratib yozish – 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 57–65-paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Ajratib yozishquyidagi hollarda amalga oshadi: 1) qo‘shma fe’lning qismlari: sarf qil, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi; 2)ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qism qo‘shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi. 3) ko‘makchi oldingi so‘zdan: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchunko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi. 4) hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zi o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zi qo‘shib yoziladi. Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zi bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so‘z qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi; 5) sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘z ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi; 6) murakkab son qismlari: o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi; 6) yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikma ajratib yoziladi; 7) belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar; 8) izofali birikma ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘z, shuningdek, qismidan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘z qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisarkabi.

Bu tip tillar qo‘shimchali tillarga zid qo‘yiladi, chunki bunda grammatik munosabat ifodalovchi affikslar bo‘lmaydi. Grammatik ma’nolar yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, intonatsiya, urg‘u (ularning musiqaviyligi kuchli) yordamida yuzaga chiqadi. Xitoy, birma, tay, tibet va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kiradi. Xitoy tili o‘zakli (ajratuvchi) tillarning tipik vakili hisoblanadi. Bunda analitik tarkibli so‘zlarda suffiks o‘rnida mustaqil so‘z, morfema qo‘llaniladi. Mas., (gunjen - ishchi) ish + odam tarkibli; nuyjen – ayol. Bunday polusuffikslar talaygina: sza, ish, sin, xau. Sza (sze, za): fansza-uy, chjozsa-stol, itsza-stul, putsza-do‘kon va hokazo. Xitoy tilida so‘zlarning gap bo‘laklari bo‘yicha guruhlanishi ham o‘ziga xos. Otlar, gapda subyekt, obyekt, atribut, ot-kesim bo‘lib kelishi mumkin, shuningdek, xitoy tili otlari predlog va posleloglar bilan mos: szay chjotsza shan-stolda, szay Moseke-Moskvada, utsza li-ko‘chada. Ot turlanmaydi, rod va son shakliga ega emas. Xitoy tilidagi fe’llar esa bog‘lamasiz ham kesimga aylanishi mumkin: Ma paoOt yuguryapti; Ta kan bao – U gazeta o‘qiyapti; Vo chi – Yeyapman. Xitoy tilida so‘z ko‘p ma’noli va polifunksional (bir necha vazifalarda). Mas., xao so‘zi turli so‘z birikmalari va kontekstda turli xil ma’no anglatadi: xao jen – yaxshi odam, si xao – yaxshilik qilish, dzio xao – qadimgi do‘stlik, xao vo – Bu kishi meni yaxshi ko‘radi. Ajratuvchili – analitik tillarda ton va urg‘u asosiy rol o‘ynaydi: tovushning pasayishi va ko‘tarilishi hatto fe’l zamonlarini ham ifodalaydi. Bu tillar amorf deb ham ataladi (amorf – yunoncha amorphos – «shaklsiz» demakdir). O‘zakli tillarning o‘ziga xos, ajratuvchi morfologiyasi bu tillarda affiksli yoki flektiv shaklarning yo‘qligini yaqqol ko‘rsatib turadi.

1. ajriqqa ag‘anaganday: Notinch, bezovta holda azob chekib (yotmoq)

2. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

3. oq-qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

1. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Yarali – yarador – jarohatli – majruh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.