Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {afandi}
So‘z bo‘g‘inlari: a-fan-di
Izoh(lar)i:
afandi

1. Janob, janoblar (murojaatda). U a’yonlarga qarab: — Ketdik, afandilar! Hokim tura kechki salqinda keladilar, — dedi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Kishi nomiga qo‘shilib, hurmat bildiradi yoki kishi nomining tarkibiy qismini tashkil etadi. Fosih afandi so‘riga emas, izvoshga chiqdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. O‘qituvchi, muallim. Elmurod.. uning [Sotvoldining] Muallim o‘zimizniki.. Afandimning tuprog‘i shu yerdan olingan deganini esladi. P. Tursun, O‘qituvchi

4. Afandi (Xo‘ja Nasriddinning epiteti).

5. Ishidan yanglishib, kulgili ishlar qilib yuradigan odam haqida.

6. Latifa, anekdot. U [Sidiqjon] endi.. askiya va afandi aytishar, ishga doir gaplarga aralashib, birovning fikrini quvvatlar yoki rad qilar, o‘z fikrini aytar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: janob [a], o‘qituvchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.