Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {adabiyot}
So‘z bo‘g‘inlari: a-da-bi-yot
Izoh(lar)i:
adabiyot

1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa asarlari majmui. XX asr o‘zbek badiiy adabiyoti. Jahon adabiyoti. -

2. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi turi; badiiy adabiyot. Adabiyot nazariyasi. Adabiyot hamisha haqiqat va adolat bayrog‘ini baland tutib yashamog‘i lozim. Gazetadan

3. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid asarlar, kitoblar. Siyosiy adabiyot. Texnika adabiyoti. Mavzu yuzasidan tavsiya etilgan adabiyot ro‘yxati. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: abadiyat – [a] Abadiylik, mangulik.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.